» » OAV: AQSh Shimoliy Koreyaga nisbatan harbiy kuch ishlatish fikridan qaytdi. Faqat siyosiy “bosim”dan foydalaniladi

OAV: AQSh Shimoliy Koreyaga nisbatan harbiy kuch ishlatish fikridan qaytdi. Faqat siyosiy “bosim”dan foydalaniladi


AQSh hukumati Shimoliy Koreyaga nisbatan “maksimal bosim” siyosatini yuritishga qaror qildi. Bu haqda, o‘z manbalariga asoslanib, Associated Press agentligi xabar bermoqda.

“Kommersant”ning yozishicha, ismini oshkor etishni istamagan amerikalik amaldor AQSh Shimoliy Koreyaning yadroviy sinovlariga harbiy choralar bilan javob bermasligini aytdi, biroq KXDR Janubiy Koreya yo Yaponiyaga zarba berishga qaror qilib qolsa, Vashington o‘z rejalarini o‘zgartirishi mumkin.

Associated Press suhbatdoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, Oq uy Xitoy tomonidan ko‘rsatiladigan ko‘mak bilan Shimoliy Koreyaga “bosim” o‘tkazish niyatida. Shuningdek, manbalarning qayd etishicha, Vashington Rossiyaning ko‘magidan ham umid qilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-04-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 92) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют