» » AQSh KXDRni jahon moliya tizimidan uzib qo‘yishni rejalashtirmoqda

AQSh KXDRni jahon moliya tizimidan uzib qo‘yishni rejalashtirmoqda


Vashington Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini tayyorlamoqda. Sanksiyalar KXDR tashqi savdosini ta’minlovchi banklar va moliyaviy muassasalarga taalluqli bo‘lishi mumkin. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.

Shimoliy Koreya bilan biznes faoliyati olib boruvchi Xitoy banklari sanksiyalarning nishoniga aylanishi mumkin. Reuters manbalarining xabar qilishicha, sanksiyalar Eronda sinab ko‘rilgan modellar ta’siri ostida kiritilishi mumkin. Eron yirik neft eksportchisi bo‘lgani uchun unga qarshi kiritilgan sanksiyalar samarali bo‘lgandi. Qo‘llaniladigan choralar KXDR bilan savdo olib boruvchi yirik kompaniyalarni ham jahon moliya tizimidan uzib qo‘yishga imkon beradi.

Bundan tashqari, KXDRni ushlab turish bo‘yicha choralar hududda harbiy faoliyatning amalga oshirilishini ham o‘z ichiga oladi. Bir vaqtning o‘zida Vashington Shimoliy Koreyaga ogohlantirish zarbasi berish haqidagi fikrni, uning juda xavfliligini hisobga olgan holda rad etdi. Buning o‘rniga AQSh KXDRga qarshi maxfiy kiber hujumlarni yoki razvedka operatsiyalarini o‘tkazishi mumkin.

17-martda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson AQShning KXDR bilan munosabatlari bo‘yicha strategik sabrlilik siyosati o‘z nihoyasiga yetganini ma’lum qildi. Shuningdek, Tillerson AQSh va uning ittifoqchilariga nisbatan xavf oshgan taqdirda Pxenyanga qarshi harbiy harakatlar amalga oshirilishi ehtimolini rad etmadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-03-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют