» » AQSh KXDR serverlariga qarshi kiberhujumlar uyushtirmoqda

AQSh KXDR serverlariga qarshi kiberhujumlar uyushtirmoqda


Vashington oxirgi uch yil davomida KXDR raketa dasturini izdan chiqarish maqsadida Shimoliy Koreya serverlariga bir qator kiberhujumlar uyushtirmoqda. Bu haqda The New York Times ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

AQSh prezidenti Barak Obama prezidentlik davrida Pxenyanga qarshi kiberhujumlar bo‘yicha maxsus dastur yaratish haqida topshiriq berganligi ta’kidlanmoqda. Bundan Shimoliy Koreya tomonidan ballistik raketalar sinovini izdan chiqarish maqsadi ko‘zlangan.

Vashingtonning ushbu siyosati oqibatida Shimoliy Koreyaning muvaffaqiyatsiz raketa sinovlari soni oshdi. Raketalar tez-tez portlab, yo‘nalishdan og‘ib, dengizga qulay boshladi.

Nashrning ta’kidlashicha, Pxenyanning oxirgi muvaffaqiyatli raketa uchirishi Amerika maxsus xizmatlari ta’siri samaradorligining kamayganligini namoyish etadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-03-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 67) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют