» » AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi muzokaralar KXDR diplomatiga viza berilmagani tufayli barbod bo‘ldi

AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi muzokaralar KXDR diplomatiga viza berilmagani tufayli barbod bo‘ldi


AQSh Davlat departamenti amerikalik sobiq mansabdorlar bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Nyu-Yorkka kelishi lozim bo‘lgan Shimoliy Koreya diplomatiga viza berishni rad etdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda. 

The Wall Street Journal manbalariga ko‘ra, BMT qarorgohi yaqinidagi mehmonxonada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan 5 yil mobaynidagi birinchi maxfiy maslahatlashuvlarning o‘tkazilishi KXDR TIV AQSh bo‘limi boshlig‘i Cho Son Xuga viza berilishiga bevosita bog‘liq edi. 

Viza berishning rad etilishi sabablari nashrga ma’lum qilinmadi. Biroq bunga Shimoliy Koreya tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi ballistik raketa sinovlari va KXDR yetakchisining akasi Kim Chon Namning o‘ldirilishi ta’sir ko‘rsatgani taxmin qilinmoqda. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-02-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют