» » Shimoliy Koreya elchisi: Kuala-Lumpur aeroportida o‘ldirilgan shaxs KXDR yetakchisining akasi emas

Shimoliy Koreya elchisi: Kuala-Lumpur aeroportida o‘ldirilgan shaxs KXDR yetakchisining akasi emas


Shimoliy Koreyaning Malayziyadagi elchisi Kan Chxol Kuala-Lumpur aeroportida Kim Chon Namning o‘ldirilishi bo‘yicha mamlakatda olib borilayotgan tergovga ishonchsizlik bildirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. 

Elchining so‘zlariga ko‘ra, o‘ldirilgan shaxs KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi emas, uning ismi-sharifi boshqa.

Hodisa yuz berganidan beri bir hafta o‘tdi. Biroq o‘lim sabablari haqida hech qanday dalil-isbot taqdim etilmadi. Biz Malayziya politsiyasiga ishonmaymiz. Elchixona o‘ldirilgan kishining shaxsini aniqladi. U, pasportida ko‘rsatilganidek, KXDR fuqarosi Kim Chxoldir.

Kan Chxol, Shimoliy Koreyaning Malayziyadagi elchisi

Eslatib o‘tamiz, oldinroq KXDR hukumati Malayziyada vafot etgan Shimoliy Koreya fuqarosi jasadining yorib ko‘rilishi natijalarini ushbu jarayon KXDR vakillari ishtirokisiz o‘tkazilgani sababli tan olmasligini ma’lum qilgandi. 

Опубликовано: admin (20-02-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют