» » BMT: KXDR xorijiy kompaniyalar tarmog‘i orqali sanksiyalarni chetlab o‘tmoqda

BMT: KXDR xorijiy kompaniyalar tarmog‘i orqali sanksiyalarni chetlab o‘tmoqda


Shimoliy Koreya xorijiy kompaniyalar tarmog‘i yordamida xalqaro sanksiyalarni chetlab o‘tmoqda. Bu haqda BMT hisoboti bilan tanishib chiqqan Reuters agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Yadro quroli va ballistik raketalar ishlab chiqarishga to‘sqinlik qilish uchun BMT tomonidan KXDRga nisbatan jiddiy sanksiyalar joriy etilgan. Shimoliy Koreya taqiqlarni qisman chetlab o‘tishga erishayotganligi ma’lum qilinganidan so‘ng, BMT o‘z surishtiruvini o‘tkazdi.

“Bir qator shaxslar va banklar ham sanksiyalar joriy etilganligiga qaramasdan, pullar, odamlar va tovarlarni, jumladan, qurol va u bilan bog‘liq materiallarni ko‘chirish texnikalariga yaxshi o‘rgatilgan agentlardan foydalanib, faoliyatini davom ettirmoqda”, — deyiladi hisobotda.

Jumladan, BMT KXDR Eritreya bilan harbiy aloqalar uchun mo‘ljallangan qurilmalar bo‘yicha qanday savdo qilayotganligini misol tariqasida keltirgan: so‘nggi buyurutma doirasida yetkazilgan 45 quti mahsulot Malayziyadagi KXDR bilan bog‘liq kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan.

BMT o‘ziga a’zo mamlakatlar hukumatlaridan shimoliy koreyalik diplomatlarga nisbatan hushyor bo‘lishni so‘radi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-02-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют