» » OAV: Xitoy AQSh bilan harbiy mojaro boshlangan taqdirda Shimoliy Koreyaga yordam ko‘rsatmaydi

OAV: Xitoy AQSh bilan harbiy mojaro boshlangan taqdirda Shimoliy Koreyaga yordam ko‘rsatmaydi


AQSh qo‘shinlari Shimoliy Koreyaga zarba berishga jazm qilsa, Xitoy Pxenyanga ittifoqdoshlik yordamini ko‘rsatmasligi mumkin. Bu haqda xitoylik ekspertlar va tahlilchilarga tayanib, South China Morning Post ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

Nashrga ko‘ra, garchi ikki qo‘shni davlat o‘rtasida 1961-yilda tuzilgan do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnoma mavjud bo‘lsa-da, Pxenyan yadro qurolini tarqatmaslik tartibiga rioya etishdan bosh tortdi. 

Shu tariqa mintaqada tinchlik va barqarorlik ta’minlanishiga taalluqli ikki tomonlama kelishuv shartlaridan biri buzildi. Bu esa Pekinga Amerika qo‘shinlari Shimoliy Koreya qurolli xuruj uyushtirgan taqdirda Pxenyanni qo‘llab-quvvatlamaslikka asos beradi. 

Ayni paytda, kuzatuvchilar Koreya yarim orolida keng ko‘lamli urush boshlanishiga shubha bilan qaramoqda. AQSh quruqlikda harbiy operatsiya o‘tkazishi dargumon, buning o‘rniga turkum raketa zarbalari berish bilan cheklanishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! 

Опубликовано: admin (14-04-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют