» » Xitoy va AQSh Koreya yarim orolidagi muammolarni birgalikda hal etishga kelishib oldi

Xitoy va AQSh Koreya yarim orolidagi muammolarni birgalikda hal etishga kelishib oldi


Xitoy rahbari Si Szinpin va AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya raketa-yadro muammosi borasida yakdil fikrga keldi va mazkur yo‘nalishdagi o‘zaro muvofiqlashgan harakatlarni faollashtirish niyatida. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Tomonlar Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirish birgalikda ko‘maklashish, shuningdek, bu masalada tig‘iz aloqalar o‘rnatish va faol muloqot olib borish istagini bildirdi.

Van I, Xitoy tashqi ishlar vaziri

Shu bilan birga, Xitoy TIV rahbari Si Szinpin Donald Tramp bilan uchrashuvda Janubiy Koreyada AQShning THAAD raketadan mudofaa tizimlari o‘rnatilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozimligini ta’kidlaganini bildirdi.

Pekin “ikki tomonlama to‘xtatish” tashabbusi bilan chiqmoqda: Pxenyan o‘zining raketa-yadro kompleksini muzlatadi, Vashington esa KXDR chegarasida harbiy mashqlar o‘tkazishni to‘xtatadi. AQSh bilan kelgusidagi muzokaralar bu borada siljishga erishishga olib kelishiga umid qilamiz.

Van I, Xitoy tashqi ishlar vaziri

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-04-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют