» » Fazliddin G‘oibnazarov jang qiladigan dekabrdagi boks kechasi uchun barcha chiptalar sotib bo‘lindi

Fazliddin G‘oibnazarov jang qiladigan dekabrdagi boks kechasi uchun barcha chiptalar sotib bo‘lindi


9-dekabr kuni o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Fazliddin G‘oibnazarov amerikalik yengilmas bokschi Stiven Ortizga qarshi jang qiladi.

Ortiz ketma-ket 7 jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida raqiblarini taslim qilishga erishgan. G‘oibnazarov esa professional ringga ikki bor ko‘tarilib, har ikkisida zafar quchgan.

Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden arenasida o‘tadigan jang markaziy maqomida emas. Markaziy jangda ukrainalik 29 yoshli bokschi Vasiliy Lomachenko o‘zidan 8 yosh kattaroq bo‘lgan Gilyermo Rigondoga qarshi ringga ko‘tariladi. Ular -59 kilogramm vazn toifasida saralangan bo‘lib, o‘rtaga Lomachenkoga tegishli WBO chempionlik kamari tikilgan.

“Olamsport” nashrining boks kechasi tashkilotchilariga tayanib xabar berishicha, uning uchun chiqarilgan 5.500 ta chiptani bari sotib bo‘lingan. Madison Square Garden aynan shuncha ishqibozni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-10-2017, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют