» » Jasur Ibrohimov ishi: Sudlanuvchining otasi marhumning davolanishi uchun 3 million so‘m sarflaganini aytdi

Jasur Ibrohimov ishi: Sudlanuvchining otasi marhumning davolanishi uchun 3 million so‘m sarflaganini aytdi


Mirobod tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudida Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Jasur Ibrohimovning ishi yuzasidan yana ikki guvoh — sudlanuvchi Islombek To‘laganovning otasi Abdujalil Rasulov hamda janjalga guvoh bo‘lgan Temur To‘xtayevning ko‘rsatmasi tinglandi, deb xabar berdi “Novosti Uzbekistana”.

Islombek To‘laganovning otasi — Abdujalil Rasulov sudda marhum Jasur Ibrohimovning oilasiga har tomonlama yordam berishga harakat qilganini so‘zladi — dori-darmon olib bergan, shifokor qidirgan, shaxsiy avtomobilida diagnostika uchun xususiy klinikaga olib borgan. Guvoh 4-may kuni taxminan kechki soat 7 larda 2-sonli shifoxonaga kelganini ta’kidladi, biroq o‘zini bemorning bobosi deya tanishtirganini rad etdi.

“Men u yerga o‘g‘lim qo‘ng‘iroq qilib Jasur bilan urushganini va u hozir shifoxonada ekanligini aytgani sabab yetib bordim. Biz Islombek bilan Jasurning palatasiga kirdik. Keyin men o‘zimning tanish shifokorim — Baxtiyor Jontullayevichga qo‘ng‘iroq qildim, u harbiy gospitalda jarroh bo‘lib ishlaydi. Shundan so‘ng men Jasurni shaxsiy mashinamda MSKTga olib bordim va muolaja haqini to‘ladim. O‘sha kechaning o‘zida tanishim bo‘lgan Baxtiyor bolani kelib ko‘rdi va operatsiya o‘tkazishni maslahat berdi”, — deya aniqlik kiritdi sudlanuvchining otasi.

Shu bilan birga, Jasur Ibrohimovni ko‘rgani kelgan shifokor kasallik tarixi daftariga hech qanday qayd qoldirmagan. U og‘zaki ravishda maslahat bergan. Shuningdek, Abdujalil Rasulovning ta’kidlashicha, uning Jasurbekni davolanishi uchun ko‘rsatgan yordami 3 million so‘mni tashkil etgan. Marhumning onasi sudlanuvchining oilasi moliyaviy jihatdan yordam ko‘rsatganini rad etmadi, biroq advokat bilan qilingan hisob-kitoblariga ko‘ra, umumiy summa Rasulov aytganidan ancha kam chiqqan.

Sudlanuvchining otasi, shuningdek, o‘g‘li nima sababdan iyun oyining boshida Turkiyaga borganiga oydinlik kiritdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Islombek — endi ish boshlayotgan tadbirkor va Turkiyaga safari ham aynan biznesiga bog‘liq bo‘lgan. Bundan tashqari, u turk oliy o‘quv yurtlaridan biriga hujjat topshirishni ham rejalashtirgan. Biroq unga chaqiruv qog‘ozi kelgan va Islombek darhol O‘zbekistonga qaytgan.

Shu kunning o‘zida sudda yana bir guvoh, o‘sha vaqtda Borovskiy nomidagi kollejning 3-kursida o‘qigan, hozirda bitiruvchi — Temur To‘xtayev ham ko‘rsatma berdi. Temur ham voqeaga guvoh bo‘lgan boshqalar kabi deyarli bir xil ko‘rsatma berdi. Sudya Matchonovning an’anaviy tarzda “marhumning ham, ayblanuvchining ham do‘sti bo‘lmasangiz nega 145-maktab oldiga bordingiz”, deya bergan savoliga To‘xtayev “mojaroning oldini olish uchun”, deb javob qaytardi.

Shuningdek, sudga nega voqea ishtirokchilarining barchasi darsda o‘tirmasdan tasodifan ko‘rishib qolishgani g‘alati tuyuldi. To‘xtayevning aytishicha, bu shunchaki tasodif. Sudning savollariga javob bergan guvohning ko‘rsatmalari qisman chalkashib ketdi. Temur To‘xtayev Islom va Jasur o‘rtasidagi olishuv aynan qay tarzda o‘tganini, mojarodan so‘ng Jasurni kim taksiga o‘tqazganini va bo‘lib o‘tgan voqeadan keyin uning ahvoli qanday ekanligini bilish maqsadida kim qo‘ng‘iroq qilganini aniq ayta olmadi. Guvohning oxirida aytishicha, marhumning ko‘rinishi yaxshi bo‘lgan va o‘zini yaxshi his qilgan, hech nimadan shikoyati bo‘lmagan.

Mavzuga doir: Jasur Ibrohimov ishi: Mojaroga sababchi bo‘lgan qiz aslida kim ekanligi ma’lum bo‘ldi

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-10-2017, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют