» » Mail.Ru Group xodimlari O‘zbekiston maktablarida IT darslarini o‘tkazadi

Mail.Ru Group xodimlari O‘zbekiston maktablarida IT darslarini o‘tkazadi


Rossiyaning Mail.Ru Group kompaniyasi xodimlari O‘zbekiston, shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston va Belarus maktablarida IT bo‘yicha darslar o‘tkazadi. Bu haqda “Daryo”ga kompaniya mutasaddilari xabar qildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — maktab o‘quvchilariga kasbiy kelajagini tanlashga yordam berish, axborot texnologiyalari sohasida sifatli ta’lim olishga turtki berish, raqamli iqtisodiyot uchun sifatli kadrlar tayyorlash ishiga hissa qo‘shish.

Aksiya 13-oktabr kuni Rossiyaning 34 mintaqasida, shuningdek, Belarus, O‘zbekiston va Qozog‘istonda o‘tkaziladi.

“IT bilimlari kuni” aksiyasi doirasida Mail.Ru Group xodimlari o‘zlari o‘qigan maktablarda prezentatsiya darsini o‘tkazib, unda IT sohasining buguni va kelajagi haqida ma’lumot beradi.

“VKontakte” va “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoqlarida turli maktablarda o‘tkaziladigan darslarning onlayn-translyatsiyasini kuzatish mumkin bo‘ladi.

Rossiya ta’lim va fan vazirligi, Maorif akademiyasi hamda sohaning qator tashkilot va muassasalari tadbirga xayrixohligini bildirdi. Aksiyaning axborot hamkorlari — “MЕL” ta’lim portali, “Rosbalt”, “SeverPost”, “Sakh.com”, “Primorye24” axborot agentliklari.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-10-2017, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют