» » YuNЕSKO AQShning tashkilotdan chiqish qaroridan afsusdaligini bildirdi

YuNЕSKO AQShning tashkilotdan chiqish qaroridan afsusdaligini bildirdi


BMTning ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (YuNЕSKO) AQSh undan chiqish qaroriga kelganidan afsusdaligini bildirdi. Bu haqda tashkilot bosh direktori Irina Bokova bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.

“AQSh YuNЕSKOni tark etish qaroriga kelganidan chuqur afsusdamiz”, — deyiladi tashkilot tarqatgan kommyunikeda.

Hujjatda aytilishicha, YuNЕSKO rahbari bu boradagi rasmiy ogohlantirishni AQSH bosh kotibi Reks Tillersondan olgan.

“2011-yili, AQSh a’zolik badalini to‘lashni to‘xtatganida, YuNЕSKO hech qachon AQSh uchun muhim emasligiga aminligimni aytgan edim, va AQSh ham YuNЕSKO uchun u qadar muhim emas”, — qayd qilinadi Bokovaning bayonotida.

“Bugun, ekstremizm va terrorchilik o‘sishi tinchlik va xavfsizlikni o‘rnatishda, shuningdek, irqchilik va antisemitizmga, diskriminatsiyaga qarshi kurashda yangi uzoq istiqbolli choralar ko‘rishni talab etayotgan paytda bu ayniqsa dolzarbdir”, — xulosa qildi madaniy tashkilot rahbari.

Ilgari xabar qilinganidek, AQSh tashkilotdan chiqishining sabablari qatorida YuNЕSKOning qarzlari ko‘payib ketganini, shuningdek, u yerda “Isroilga qarshi noxolislik” hukm surishini keltirgan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-10-2017, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют