» » Venesuela Amerika davlatlari tashkilotidan chiqishini ma’lum qildi

Venesuela Amerika davlatlari tashkilotidan chiqishini ma’lum qildi


Amerika davlatlari tashkiloti (ADT) Veneueladan tashkilot a’zoligidan chiqish haqida bildirish xati oldi. Bu haqda ADT o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar berdi “Kommersant”.

Tashkilot xabarida aytilishicha, muammoni hal qilish uchun tashkilotdan chiqish emas, Venesuelani “qayta demokratlashtirish” kerak.

Ma’lumot uchun, 1948-yilda AQSh tashabbusi bilan tashkil etilgan ADTga Shimoliy va Janubiy Amerikadagi deyarli barcha davlatlar (Kubadan tashqari) kiradi.

Venesuela Tashqi ishlar vaziri Delsi Rodriges agar tashkilot mamlakatdagi vaziyat bo‘yicha hukumatdan bemaslahat yig‘in o‘tkazadigan bo‘lsa, tashkilot a’zoligidan chiqishini ma’lum qilgan edi. ADTning doimiy kengashi Venesueladagi inqirozni baholash borasida tezkor yig‘in o‘tkazishga ovoz bergach, prezident Nikolas Maduro darhol tashkilot tarkibidan chiqish haqida buyruq berdi.

Venesuelada hukumatga qarshi namoyish boshlangan. Namoyishchilar muddatdan oldin prezident saylovini o‘tkazishni, demokratiyaga qaytish va qamoqxonalardan muxolifat siyosatchilarini ozod qilishni talab qilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-04-2017, 12:13)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют