» » Venesuela Amerika davlatlari tashkilotini tark etadi

Venesuela Amerika davlatlari tashkilotini tark etadi


Venesuela Amerika davlatlari tashkilotidan chiqish jarayonini boshlaydi, chunki ushbu hududiy blok me’yorlari buzilishi bilan murosaga kela olmaydi. Bu haqda respublika tashqi ishlar vaziri Delsi Rodriges Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Biz ko‘p tomonlamalik ruhi ustunlik qilishi uchun imkoniyat berdik, biroq tashkilotning muqaddas qoidalarini buzish ustunlik qildi. Venesuela o‘z obro‘si, mustaqilligi va suverenitetiga ega. Vatanimiz kelajagi va tinchlik uchun u Amerika davlatlari tashkilotidan chiqadi”, — deb yozadi Rodriges.

Tashkilotdan chiqish jarayoni Karakasdan ikki yil muddatni talab qilishi kutilmoqda.

Rodriges kuni kecha tashkilot Venesuela roziligisiz mamlakatdagi vaziyat yuzasidan TIV rahbarlari majlisini o‘tkazsa, mamlakat blokni tark etishi haqida ogohlantirgan edi. Uchrashuvni tashkil etish haqidagi qaror 26-aprel, chorshanba kuni qabul qilingan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-04-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют