» » Venesuela Amerika davlatlari tashkilotidan chiqishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

Venesuela Amerika davlatlari tashkilotidan chiqishi mumkinligi haqida ogohlantirdi


Amerika davlatlari tashkiloti (ADT) Venesueladagi vaziyat muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgan taqdirda mamlakat ushbu tuzilmadan chiqishi mumkin. Bu haqda Venesuela tashqi ishlar vaziri Delsi Rodriges ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.

Oldinroq tashkilotga a’zo davlatlar Venesueladagi siyosiy tanglikka bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazish niyatini bildirgandi. 

“ADT tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi hukumat roziligi va ma’qullashisiz o‘tsa, prezident Nikolas Madurodan Venesuelaning mazkur tashkilotdan chiqishi jarayonini boshlash to‘g‘risida ko‘rsatma oldim”, — deya ta’kidladi Delsi Rodriges. 

Ma’lumot uchun, 1948-yilda AQSh tashabbusi bilan tashkil etilgan ADT ga Shimoliy va Janubiy Amerikadagi deyarli barcha davlatlar (Kubadan tashqari) kiradi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-04-2017, 14:43)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют