» » AQSh Davlat departamenti YuNESKOga qaytish shartlarini ma’lum qildi

AQSh Davlat departamenti YuNESKOga qaytish shartlarini ma’lum qildi


Qo‘shma Shtatlar YuNESKOga qaytish imkoniyatini istisno etmaydi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti vakili Xezer Nauert ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“YuNESKO qaytishimizni, o‘zini isloh etishni, tayanch nuqtasi — ta’lim va madaniyatga qaytishni istasa, bunday imkoniyatni ko‘rib chiqishimiz mumkin”, — dedi Nauert.

AQSh 2018-yil 31-dekabrgacha YuNESKO a’zosi bo‘lib qoladi, 2019-yildan boshlab esa kuzatuvchi maqomiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh rasmiylari YuNESKOdan chiqish haqida qaror qabul qildi va buni tashkilotda tub islohotlar o‘tkazish hamda u yerdagi “Isroilga nisbatan noxolislikka” barham berish zarurati bilan izohlagandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-10-2017, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют