» » Andijonda dollarga to‘yga chiqqan xonandalar javobgarlikka tortildi

Andijonda dollarga to‘yga chiqqan xonandalar javobgarlikka tortildi


Andijon viloyati davlat soliq inspeksiyasining buyrug‘iga asosan o‘tkazilgan reyd tadbirida naqd xorijiy valyuta asosida xizmatga chiqayotgan xonandalar aniqlandi. Bu haqda, davlat soliq qo‘mitasiga asoslanib, Uz24 xabar qildi.

Aniqlanishicha, Furqatbek Qosimov to‘y marosimida xonandalik xizmati uchun 500 dollar, Umidbek Zafarov 300 dollar, Rasuljon Mamajonov 200 dollar olib, naqd xorijiy valyuta muomalasiga yo‘l qo‘ygan.

Naqd xorijiy valyuta muomalasiga yo‘l qo‘ygan xonandalarga nisbatan soliq inspeksiyasi tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomasi tuzilgan.

Prezidentning 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq tovarlar (ish va xizmat) uchun to‘lovlarni chet el valyutasida amalga oshirish taqiqlanadi, barcha xizmatlar uchun narx va tariflar faqat milliy valyutada belgilanadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-10-2017, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют