» » Sky: Misrning yangi poytaxtida Afrikadagi eng baland bino quriladi

Sky: Misrning yangi poytaxtida Afrikadagi eng baland bino quriladi


Afrika qit’asidagi eng osmono‘par bino Misrning yangi poytaxtida quriladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Muhtasham minora Yangi Qohiraning ishbilarmon tumani kompleksi tarkibiga kiradi. Kompleksda, shuningdek, 12 savdo markazi, besh osmono‘par yashash binosi va ikki o‘ta zamonaviy mehmonxona bo‘ladi.

Osmono‘par bino balandligi 345 metrni tashkil etadi, uning qurilishi, ma’muriy poytaxtning butun biznes markazi bilan birga, 43 oy vaqt oladi. Ishbilarmon markazning umumiy qiymati 3 milliard dollarga baholanmoqda.

Rejaga ko‘ra, yangi ma’muriy markazga parlament va hukumat ko‘chiriladi, bu yerda prezidentning qarorgohi joylashadi. 150 ta elchixona uchun alohida diplomatik tuman tashkil etiladi.

Suvaysh kanaliga qadar cho‘ziladigan Yangi Qohira qurilishi 45 milliard dollarga baholanmoqda. U 700 kvadrat kilometr maydonni egallaydi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-10-2017, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют