» » Google sanoat josusligi uchun Uber’dan milliard dollar tovon talab qildi

Google sanoat josusligi uchun Uber’dan milliard dollar tovon talab qildi


Alphabet (sobiq Google Inc.) xoldingi tarkibiga kiradigan, mashinalarni avtonom boshqarish texnologiyalari bilan shug‘ullanadigan Waymo kompaniyasi Uber taksi servisini sanoat josusligida ayblab, tovon tariqasida milliard dollar talab qildi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, Motor nashri xabar bermoqda.

Agentlik suhbatdoshi Waymo Uber’dagi haydovchisiz tizim ishlab chiqish jarayoni ustidan mustaqil kuzatuv o‘rnatishni talab qilmoqda. Servis bu shartni rad etdi.

Waymo kompaniyasi fevral oyida Uber ustidan sudga shikoyat qilgan edi. Da’voda firma sobiq xodimi Entoni Levandovski kompaniyadan ketishdan oldin qariyb o‘n gigabayt maxfiy axborotni ko‘chirib olganini va bu ularni Uber’ga taqdim etganini ma’lum qildi.

Levandovski hozir har ikki kompaniyada ham ishlamaydi. Sentabrda muhandis sun’iy ongga topinish cherkovini tashkil qildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-10-2017, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют