» » Ozish uchun qanday yeyish kerak?

Ozish uchun qanday yeyish kerak?


Miya ortiqcha yeyishga majbur qilish uchun o‘rinsiz va sodda usullardan foydalanadi, lekin uni aldash juda oson.

To‘la va ozg‘in odamlarning bir-biridan farqi — iroda kuchida ham va moddalar almashuvida ham emas, balki birinchi navbatda bizga avtopilot rejimida ko‘p yeyishga imkon beruvchi mahkam o‘rnashib qolgan odatlarimiz to‘plamidadir.

Birinchi maslahat. Injiq bo‘ling

Dasturxon atrofida odamlar o‘zlarini turlicha tutadilar. Ba’zilar  tanlab o‘tirmasdan darrov ovqatlanishga tushadilar. Boshqalar esa dasturxonga bir necha marta injiqlik bilan ko‘z yugurtirib, keyin eng yaxshisini tanlaydilar.

Ikkinchi maslahat. Cho‘plardan foydalaning

To‘yish hissi asabdan ko‘ra, ko‘proq gormonal signallar orqali aniqlanadi va shuning uchun uni anglash uchun vaqt talab qilinadi. Ko‘pchilikning nuqtai-nazari bilan qaraganda, sanchqi bilan yeyish — cho‘plardan ko‘ra qulayroq va tezroq.

Miya to‘yganingizni anglaguncha, ortiqcha salatni sanchqi yordamida bemalol paqqos tushirishingiz mumkin. Yaxshisi cho‘plardan foydalanganingiz ma’qul, chunki bu vaqt ichida siz kamroq salat yeyishga ulgurasiz.

Uchinchi maslahat. Ovqatni tashlab yuborishdan uyalmang

Agar tarelkangizda ovqat qolgan bo‘lsa-yu siz esa to‘yib qolgan bo‘lsangiz, unda ikki yo‘l bor. Yoki ularni oxirigacha yeysiz va ular sizning qorningizda yog‘ ko‘rinishida to‘planadi. Yoki siz ularni tashlab yuborasiz va hech qanday qo‘rqinchli narsa yuz bermaydi.

To‘rtinchi maslahat.  Muvofiq idish tanlang

Qoidaga ko‘ra, biz tarelkamizdagi ovqatning hammasini yeymiz. Shuning uchun agar biz kichikroq idishni tanlasak, bu semirib ketishning oldini olishga yordam beradi.

Lekin idishning faqat kattaligi emas, balki shakli ham muhim. Masalan, biz odatda ichimliklarning hajmini suyuqlik ustunining kengligidan ko‘ra balandligiga qarab baholaymiz; ingichka va baland idishdagi kola bizga keng va pastroq idishdagi xuddi shunday miqdordagi kolaga qaraganda ko‘proq ko‘rinadi.

Manba: “Passion.ru”

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-10-2017, 06:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют