» » Finnair aviakompaniyasi 13-sanada amalga oshiriladigan 666-reysdan voz kechdi

Finnair aviakompaniyasi 13-sanada amalga oshiriladigan 666-reysdan voz kechdi


Finlyandiyaning Finnair aviakompaniyasi 13-oktabr, juma kuni 666-raqamli oxirgi reysni mahalliy vaqt bilan 13. 20 da Kopengagendan Xelsinkiga jo‘natdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Qizig‘i shundaki, samolyot kodi HEL (ingliz tilida hell — jahannam) bo‘lgan Xelsinkidagi Vantaa aeroportiga qo‘ndi. Aviakompaniya “jahannam”ga 666-reyslarni 13-sanada, juma kunlari 2006-yildan beri amalga oshirib keladi.

“29-oktabrdan ayrim reyslarning raqami o‘zgaradi va Kopengagendan Xelsinkiga yo‘l oladigan 666-reys 954 raqamini oladi. 11 yil davomida AY666 reysi Xelsinkiga 13-sana, juma kunlariga to‘g‘ri kelgan 21 ta parvozni amalga oshirdi”, — deyiladi aviakompaniyaning Twitter’dagi sahifasida joylashtirilgan xabarda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-10-2017, 11:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют