» » JCh—2018 saralashida Chilini qoldirib ketgan Peruda milliy chempionat to‘xtatildi

JCh—2018 saralashida Chilini qoldirib ketgan Peruda milliy chempionat to‘xtatildi


Peru milliy chempionati 20-oktabr sanasidan e’tiboran to‘xtatiladi va 15-noyabrga qadar tanaffus yuzaga keladi.

“Championat.asia”ning Clarin nashriga asoslanib ma’lumot berishicha, bunga sabab Peru termasining JCh—2018 pley-off o‘yiniga yaxshilab tayyorgarlik ko‘rishini ta’minlash. Axir mamlakat bosh jamoasi Copa America’ning so‘nggi ikki yillikdagi g‘olibi Chilini ortda qoldirgani holda, Rossiya mundialiga borish imkoniyatini saqlab qoldi.

CONMEBOL mintaqasida beshinchi bo‘lgani uchun Peru Yangi Zelandiyaga qarshi o‘tish o‘yinida ishtirok etadi. Pley-off bellashuvlarining dastlabkisi 6-noyabrga, javob o‘yinlari 14-noyabrga tayin qilingan.

Endi butun mamlakat 1982-yildan buyon Jahon Chempionatiga chiqa olmay kelayotgan bosh jamoa uchun qayg‘uradi. Terma murabbiylari futbolchilar bilan bemalol qo‘shimcha yig‘in o‘tkazish uchun ham chempionatni to‘xtatib turish masalasini o‘rtaga tashlagandi. Liga rahbariyati bunga ijobiy javob qaytardi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-10-2017, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют