» » Xorazmda 51 kishiga O‘zbekiston fuqarosi pasportlari topshirildi

Xorazmda 51 kishiga O‘zbekiston fuqarosi pasportlari topshirildi


O‘zbekiston Prezidenti 12-sentabrda imzolagan “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan Xorazm viloyatida doimiy yashab kelayotgan va O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilish istagini bildirgan 51 kishiga O‘zbekiston fuqaroligi berildi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB ma’lum qildi.

13-oktabr kuni ushbu fuqarolarga O‘zbekiston fuqarolik pasportlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan mutasaddi rahbarlar O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan ushbu shaxslarni tabriklab, ularning kelgusi hayotida baxt va omad tiladi.

Fuqarolikka qabul qilinganlar nomidan so‘zga chiqqan Nodira Masharipova O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilinganligidan benihoya xursandligini, ushbu kunni intiqib kutganligini, O‘zbekistonga xizmat qilish o‘zi uchun yuksak sharaf ekanligini, barchasi uchun Prezidentga o‘zi va yaqinlari nomidan minnatdorchilik bildirishini aytib o‘tdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (14-10-2017, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют