» » APL. “Yunayted” markaziy o‘yinda ochko yo‘qotdi. “Siti” 7 ta gol urdi. London yetakchilarida mag‘lubiyat

APL. “Yunayted” markaziy o‘yinda ochko yo‘qotdi. “Siti” 7 ta gol urdi. London yetakchilarida mag‘lubiyat


Angliya chempionligi uchun asosiy da’vogarlardan biri sifatida e’tirof etilgan “Manchester Yunayted” futbolchilari Liverpulda 2 ochko yo‘qotdi.

Kuchli oltilik jamoalari bunga qadar Mourinyo bilan to‘qnash kelmagandi. Ilk shunday bellashuvda 0:0 hisobi qayd etildi. Mazkur durang natijadan keyin “Yunayted” jadvaldagi o‘rnini saqlab qoldi. “Liverpul” esa Londonning ikki yetakchisi bilan ochkolar soni bo‘yicha tenglashib oldi.

Boisi “Arsenal” va “Chelsi” mazkur turda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. “Uotford” maydonida mehmon bo‘lgan “to‘pchilar” hisobda oldinda bora turib, yakunda 2 ta gol o‘tkazib yubordi. Tom Kleverlining so‘nggi daqiqadagi goli Arsen Venger jamoasining yuziga tarsaki bo‘lib tushdi.

“Chelsi” esa liga autsayderi bo‘lgan “Kristal Pelas”ga imkoniyatni boy berdi. Raqib bunga qadar o‘tgan 7 ta turning barchasida imkoniyatni boy bergani yetmaganidek, raqib postiga gol ham urmagandi. Frank de Burni iste’foga chiqarib, Roy Xojson bilan shartnoma imzolagan klub dastlabki g‘alabasini amaldagi chempionni mag‘lub etishdan boshladi.

Chempionlik uchun da’vogarlardan “Tottenhem” mazkur turda kichik hisobda zafar quchdi. Harri Keyn va nihoyat o‘yinda gol ura olmadi. Daniya qahramonlaridan biri Kristian Eriksen esa “shporlar”ga g‘alaba keltirdi.

Angliya Premyer-Ligasi
8-tur bellashuvlari
14-oktabr, shanba

Gollar: Maykl Antonio, 19 (0:1). Kris Vud, 85 (1:1).
Chetlatish: Endryu Kerroll, 27 (V).

Gollar: Sesar Aspilikueta, 11-avt (1:0). Temua Bakayoko, 18 (1:1). Uilfrid Zaxa, 45 (2:1).

Gollar: Gabriel Jezus, 17 (1:0). Rahim Sterling, 19 (2:0). David Silva, 27 (3:0). Mame Biram Diuf, 44 (3:1). Kayl Uoker, 47-avt (3:2). Gabriel Jezus, 55 (4:2). Fernandinyo, 60 (5:2). Leroy Sane, 62 (6:2). Bernardu Silva, 79 (7:2).

Gollar: Temmi Abraxam, 42 (1:0). Temmi Abraxam, 48 (2:0).

Gol: Kristian Eriksen, 47 (1:0).

Gollar: Pyer Mertesaker, 39 (0:1). Troy Dini, 71-pen (1:1). Tom Kleverli, 92+ (2:1).

15-oktabr, yakshanba
“Brayton” — “Everton”
“Sautgempton” — “Nyukasl”
“Lester” — “Vest Bromvich”

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-10-2017, 08:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют