» » Rossiyada Toshkent viloyatida tug‘ilib-o‘sgan qahramon kosmonavt haqida film ishlashdi

Rossiyada Toshkent viloyatida tug‘ilib-o‘sgan qahramon kosmonavt haqida film ishlashdi


Rossiyaliklar kosmonavtlar Jonibekov va Savinning jasorati haqida suratga olgan “Salyut – 7” filmi kinoteatrlarda namoyish etilmoqda, deb yozadi My Day.

Rejissor Klim Shipenkoning kartinasi boshqaruvini yo‘qotib, boshqaruvsiz parvoz fazasiga o‘tgan “Salyut – 7” orbital stansiyasi haqida hikoya qiladi. Vaziyatni ikki kosmonavt o‘z qo‘liga olishi mumkin, ular turli qiyinchiliklardan o‘tib, Yerning kosmik jism bilan to‘qnashuvi oldini olishi kerak.

Vladimir Jonibekovning rolini uning adashi — Vladimir Vdovichenkov ijro etdi.

Uchuvchi-kosmonavt, ikki karra Qahramon, aviatsiya general-mayori, G‘azalkent va Chirchiqning faxriy fuqarosi Jonibekov Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Iskandar qishlog‘ida tug‘ilib-o‘sgan bo‘lib, eng ko‘p kosmik parvozlarni amalga oshirgan (besh marta) eng tajribali kosmonavt hisoblanadi, u parvozlarning barchasini kema komandiri sifatida bajargan (bu rekordni haligacha ortda qoldira olishmagan, ammo bir martagina takrorlashgan).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-10-2017, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют