» » Shavkat Mirziyoyev: Yo‘ldan adashganlarni faqat ro‘yxatdan chiqarish bilan ish bitmaydi

Shavkat Mirziyoyev: Yo‘ldan adashganlarni faqat ro‘yxatdan chiqarish bilan ish bitmaydi


Avval xabar qilinganidek, Urganch shahrida xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi, deb xabar beradi O‘zA.

Shavkat Mirziyoyev sessiyadagi chiqishi chog‘ida diniy e’tiqod masalasida adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga solish borasida hali ham kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatib o‘tdi.

“Yo‘ldan adashganlarni faqat ro‘yxatdan chiqarish bilan ish bitmaydi. Ularga amaliy yordam berish, munosib ish topib berish, arzon kreditlar va uy-joylar bilan ta’minlash lozim. Bunday odamlarni sog‘lom hayotga qaytarish masalasida o‘ta noziklik bilan, ilm bilan, ma’rifat bilan, avvalo, shaxsiy namuna ko‘rsatib ishlash kerak. Chunki ular ham O‘zbekiston fuqarosi. Ayni vaqtda ular ham O‘zbekiston fuqarosining huquq va erkinliklari bilan birga, mas’uliyat va majburiyati ham borligini hech qachon esdan chiqarmasligi zarur”, — dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev yo‘ldan adashganlarni tarbiyalash, ularni sog‘lom hayotga qaytarishda faollik ko‘rsatganlarni birinchi navbatda hajga yuborish haqidagi fikrlariga izoh berib o‘tdi.

“Deylik, hajga bormoqchi bo‘lgan odam avvalo o‘z mahallasi, o‘z qishlog‘idagi savob ishlarga hissa qo‘shsa, maktabda, litsey-kollejda yoshlar bilan uchrashib, tarbiyaviy suhbatlar o‘tkazsa, ularning hayotda o‘z o‘rnini topishida maslahat va ko‘magini ayamasa, jamiyatimizdagi muhitni, aholining dunyoqarashini o‘zgartirishga juda katta xizmat qilgan bo‘lardi”, — ta’kidladi O‘zbekiston prezidenti.

Davlat rahbariga ko‘ra, “hajga faqat puldorlar yoki tanish-bilishi borlar boradi, degan tasavvurni butunlay o‘zgartirish vaqti keldi. Xorazm viloyatida ham hajga boradiganlar ro‘yxatini shu nuqtai nazardan ko‘rib chiqish, bu masalada ham adolat o‘rnatish zarur”.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-10-2017, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют