» » AQSh elchisi 11–13-oktabr kunlari Namangan viloyatida bo‘ldi

AQSh elchisi 11–13-oktabr kunlari Namangan viloyatida bo‘ldi


AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spartlen 1113-oktabr kunlari Namangan viloyatida bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Pamela Spartlen xonim bilan muloqotda bo‘ldi.

Suhbat davomida AQShning nufuzli ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish, professor-o‘qituvchilar va o‘quvchilarning tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, fan, madaniyat, san’at, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalariga ajratilayotgan investitsiyalar ko‘lamini kengaytirish, namanganlik tibbiyot xodimlarining xirurgiya, onkologiya va ortopediya yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba va malaka almashinuvi bo‘yicha takliflar bildirildi.

Martabali mehmon tashrifi doirasida Namangan davlat universiteti axborot-resurs markazi, “Do‘stlik” akademik litseyi qoshidagi Access til o‘rgatish markazi, Davlatobod yengil sanoat kolleji hududidagi nodavlat o‘quv muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi, “Lola” buyum bozorida bo‘ldi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-10-2017, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют