» » YuNESKO Ijroiya kengashi tashkilot bosh direktori lavozimiga Odri Azuleni tayinladi

YuNESKO Ijroiya kengashi tashkilot bosh direktori lavozimiga Odri Azuleni tayinladi


YuNESKO Ijroiya kengashiga a’zo 58 mamlakat fransiyalik Odri Azuleni tashkilot bosh direktorligiga tayinladi, u ushbu lavozimda Irina Bokova o‘rnini egalladi. Bu haqda YuNESKO rasmiy sayti xabar berdi.

Nomzod tasdiqlash uchun Bosh konferensiyada taqdim etiladi, u ikki yilda bir marta, 10-noyabr kuni tashkilotga a’zo bo‘lgan 195 mamlakatning barchasi ishtirokida tashkil qilinadi.

9-oktabr kuni boshlangan ovoz berishning beshta bosqichidan keyin Ijroiya kengashi raisi, elchi Maykl Vorbs (Germaniya) ovoz berish natijalarini e’lon qildi va Odri Azuleni tabrikladi.

1972-yilda tug‘ilgan Azule 2016-yil fevralidan 2017-yil mayigacha Fransiya madaniyat vaziri bo‘lib ishlagan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-10-2017, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют