» » Koreya yarim oroli qirg‘oqlarida AQSh va Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlari boshlandi

Koreya yarim oroli qirg‘oqlarida AQSh va Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlari boshlandi


AQSh jangovar aviatashuvchi guruhi Janubiy Koreya harbiy kemalari bilan hamkorlikda Koreya yarim oroli qirg‘oqlarida 16-oktabr, dushanba kunidan keng ko‘lamli mashqlarni boshladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Janubiy Koreya mudofaa vazirligi qo‘shma mashqlar ikki davlat harbiy-dengiz kuchlari o‘rtasidagi o‘zaro ko‘nikmalarni mustahkamlashga qaratilganini bildirdi.

AQSh tomonidan mashqlarda “Ronald Reygan” aviatashuvchisi, “Stetem” va  “Mastin” esminetslari ishtirok etmoqda. Janubiy Koreya “Idjis” raketaga qarshi tizimi bilan jihozlangan “Buyuk Sejon” esminetsi, boshqa kemalar va dengiz aviatsiyasini jo‘natdi.

Mashqlar Yapon va Sariq dengizlarida o‘tishi hamda 20-oktabr, juma kuni yakunlanishi ko‘zda tutilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-10-2017, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют