» » O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi xodimlariga avtokreditlar beriladi

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi xodimlariga avtokreditlar beriladi


O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy Kengashi xodimlarini, shuningdek, viloyat bo‘linmalari rahbarlarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni sotib olishda kreditlar taqdim etiladi, deb xabar berdi Norma.

Spark hamda Damas markali avtomobillarga “Asaka” banki tomonidan kreditlar O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy Kengashi ro‘yxatidagilarga quyidagi shartlar asosida beriladi:

Kredit muddati: 10 yil;

Boshlang‘ich to‘lov: Sotib olinayotgan avtomobil narxining 15 foizi miqdorida;

Foiz stavkasi: Kreditni berish sanasida Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasi miqdorida;

Kreditni ta’minlash: Avtotransport vositasining garovi sifatida kreditni qaytarish va ro‘yxatdan o‘tkazish majburiyatlarini qisqa muddatli sug‘urtalashni hisobga olgan holda sotib olingan transport vositasining garovi;

Imtiyozli davr: 3 oy.

Shunga muvofiq, “O‘zavtosanoat”ga AK “Asaka” banki kreditlari hisobidan sotib olinadigan transport vositalarini yetkazib berish majburiyati yuklanadi.

Ushbu hujjat Milliy qonunchilik bazasida rasman e’lon qilindi va 2017-yilning 13-oktabridan kuchga kirdi.

Hujjatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-10-2017, 17:30)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют