» » Qanday qilib samolyotda uchish chog‘ida salomatlikka zarar yetkazmaslik mumkin?

Qanday qilib samolyotda uchish chog‘ida salomatlikka zarar yetkazmaslik mumkin?


Nafasni qaytaruvchi og‘ir havo, bir necha soat davom etuvchi noqulay holatda o‘tirish va boshqa yo‘lovchilar bilan tiqilinchda bo‘lish parvoz qilish chog‘ida organizmga zarar yetkazishi mumkin.

Quyidagi maslahatlar sizga salomatligingizni saqlashda yordam beradi.

Iloji boricha birinchi reysni tanlang. Uning o‘z vaqtida uchish ehtimoli kattaroq bo‘lgani uchun siz uzoq davom etuvchi kechiktirishlar natijasida stress holatiga tushmaysiz. Shuningdek birinchi reysda ko‘rpa, yostiq va stolchalar dezinfeksiyalangan bo‘ladi.

Avariya chiqishlari yonida joylashgan joylarni faqat aeroportning o‘zida bron qilish mumkin. Agar siz joyingizni almashtirmoqchi bo‘lsangiz, yaxshisi u yerga uchishdan ikki soat oldin kelganingiz ma’qul. Avariya chiqishlari yonidagi joylar band bo‘lsa, o‘tish joyi tomondagi joyni tanlang. Shunda sizning qo‘shnilarga xalal bermasdan turishingiz oson bo‘ladi.

Bir necha yuzlab odamlar nafas oluvchi bo‘g‘iq havoda ko‘plab bakteriyalar joylashib oladi. Shuning uchun sayohat qilishdan oldin immunitetingiz haqida o‘ylashingiz kerak. Masalan, ko‘proq vitaminlar ichish va meva, sabzavotlar yeyish.

Moychechakli choy tinchlantiruvchi xususiyatga ega va tezroq uxlashga yordam beradi. Agar siz uchishdan qo‘rqsangiz, o‘zingiz bilan bir nechta choy paketchalari oling va samolyotda damlang.

Uchish vaqtida, ayniqsa siz qahva ichsangiz organizm suvsizlanadi. Samolyotning havosi quruq bo‘lgani uchun ko‘proq suv ichish kerak. Suvning o‘rniga o‘tli choylardan ichsangiz ham bo‘ladi.

Manba: Trendymen

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-10-2017, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют