» » AQSh davlat kotibi o‘rinbosari: Vashington KXDR bilan muzokaralarni istisno qilmayapti, ammo eng yomoniga tayyor turibdi

AQSh davlat kotibi o‘rinbosari: Vashington KXDR bilan muzokaralarni istisno qilmayapti, ammo eng yomoniga tayyor turibdi


Vashington Pxenyan bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazilishi mumkinligini istisno qilmayapti. Bu haqda AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Jon Sallivan yaponiyalik hamkasbi Sinsuke Sugiyama bilan muzokaralardan so‘ng ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Biz diqqatimizni KXDR tomonidan yaratilgan muammoni hal qilish bo‘yicha diplomatik choralarga qaratganmiz. Ammo shunga qaramay, agar diplomatiya natija bermasa, ittifoqdoshlarimiz, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqalar bilan eng yomoniga tayyor turishimiz kerak”.

Avvalroq Shimoliy Koreyaning BMTdagi doimiy vakili Kim In Ren KXDR yadro qurolini to‘liq taqiqlash g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini, ammo AQShning qo‘l ostida yadro quroli bo‘lar ekan, u ham o‘z arsenalini saqlab qolmoqchi ekanligini aytib, yadro urushi “har qanday lahzada  boshlanishi mumkin”ligini ta’kidlagan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-10-2017, 11:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют