» » JCh—2018. Italiya, Xorvatiya, Daniya va Shveysariya pley-offda bir-biriga raqib bo‘lmaydi

JCh—2018. Italiya, Xorvatiya, Daniya va Shveysariya pley-offda bir-biriga raqib bo‘lmaydi


Kecha — 16-oktabr kuni FIFA terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. Bugun — 17-oktabr kuni JCh—2018 saralash bosqichida guruhlarni 2-o‘rinda yakunlagan termalar pley-offdagi raqiblarini bilib oladi.

Yevropa saralashida ikkinchi bo‘lgan Slovakiya termasi hammadan kamroq ochko to‘plagani uchun, Rossiya mundialidan chetda qolgandi. Qolgan 8 mamlakat savatlarga bo‘lib chiqiladi. Reglamentga ko‘ra, FIFA reytingidagi dastlabki to‘rt mamlakat saralanganlar savatida bo‘ladi, keyingi 4 tasi boshqa savatda.

FIFA reytingiga ko‘ra, Shveysariya termasi 11, Italiya 15, Xorvatiya 18 va Daniya 19-o‘rinda qayd etilgan. Demak, sakkiz mamlakat orasida mana shu 4 tasida natijalar yaxshiroq. Ular pley-offda bir-biriga raqib bo‘lmaydi.

23-o‘rindagi Shimoliy Irlandiya, 25 dagi Shvetsiya, 26 dagi Irlandiya va 47 dagi Gretsiya yuqoridagi mamlakatlar bilan raqib bo‘ladi.

Pley-offning ilk uchrashuvlari 9—11-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Javob uchrashuvlari esa 12—14-noyabr sanalariga tayin qilingan.

JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘lgan mamlakatlar:
Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Misr, Polsha, Islandiya, Serbiya, Portugaliya, Fransiya, Urugvay, Argentina, Kolumbiya, Panama.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-10-2017, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют