» » Kuchli beshlikda eng yaxshi bo‘lib turgan “Napoli” Dris Mertensning penaltisi sabab “Siti”ga mag‘lub bo‘ldi

Kuchli beshlikda eng yaxshi bo‘lib turgan “Napoli” Dris Mertensning penaltisi sabab “Siti”ga mag‘lub bo‘ldi


Xosep Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” Chempionlar Ligasi guruh bosqichidagi 100 foizlik natijasini davom ettirdi.

Shu kuni Etihad arenasiga Neapolning “Napoli” klubi tashrif buyurdi. Uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. “Napoli”ning belgiyalik hujumchisi Dris Mertens “Siti” darvozasiga belgilangan penaltidan aniq foydalana olmadi. Shu boisdan ham u ikkinchi penaltiga yaqinlashmadi ham.

Avvalroq “Napoli” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri Belgiya termasi ustozi Roberto Martinesdan norozi bo‘lgandi. Boisi, Belgiya JCh—2018 chiptasini qo‘lga kiritib bo‘lganiga qaramay, Martines asosiy futbolchilarni termaga jalb qilishda davom etgan, “Napoli” ustozi esa Dris Mertens yetarlicha dam ololmayotganidan noligandi.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda “Napoli” kuchli beshlikda chempionatlarida mavsumni yo‘qotishlarsiz davom ettirayotgan yagona klub bo‘lib turibdi. Ular A seriyadagi 8 ta bellashuvning barchasida zafar quchishga muvaffaq bo‘lgan.

Ukrainaning “Shaxtyor” klubi esa mana shunday jamoani Chempionlar Ligasi guruh bosqichida qoldirib ketishi mumkin. Tomonlarning o‘zaro o‘yinida zafar quchgan “konchilar”, endi Gollandiyadan g‘alaba bilan qaytishga muvaffaq bo‘ldi.

Yevropa Chempionlar Ligasi
“F” guruhi. 3-tur
17-oktabr, seshanba

Gollar: Rahim Sterling, 9 (1:0). Gabriel Jezus, 13 (2:0). Amadu Diavara, 73-pen (2:1).
Noaniq penalti: Dris Mertens, 38 (N).

Gollar: Stiven Bergeys, 8 (1:0). Bernard, 24 (1:1). Bernard, 54 (1:2).
Chetlatish: Yaroslav Rikitskiy, 75 (Sh).

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-10-2017, 07:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют