» » Turkiya JCh—2018 dan tushib qolgan paytda, “Beshiktosh” Chempionlar Ligasida hamma o‘yinni yutyapti

Turkiya JCh—2018 dan tushib qolgan paytda, “Beshiktosh” Chempionlar Ligasida hamma o‘yinni yutyapti


Turkiyaning “Beshiktosh” klubi Chempionlar Ligasi guruh bosqichini “Manchester Siti” kabi yo‘qotishlarsiz davom ettirmoqda.

Bunga qadar Portugaliyada “Portu”ni, o‘z maydonida Germaniya vitse-chempioni “Leyptsig”ni taslim qilgan “Beshiktosh” futbolchilari, endi Fransiya chempionini Monakoda yengishga muvaffaq bo‘ldi. Bunda turkiyalik futbolchilar o‘z irodasini namoyish eta oldi.

Shu tariqa “Beshiktosh” 9 ochko bilan guruh peshqadami bo‘lib turibdi. Shenol Gunesh jamoasi pley-off bosqichi uchun yaxshigina qadam tashlab bo‘ldi. Keyingi uch turda qo‘lga kiritiladigan 1 ochko ham Turkiyaning amaldagi chempioni uchun yetarli bo‘lishi mumkin. Ehtimoliy jihatdan “Beshiktosh”da 9 ochko bilan ham guruhdan chiqish imkoniyati bor.

O‘tgan mavsum Chempionlar Ligasida yarim finalga qadar yetib borgan Fransiya chempioni “Monako”, joriy mavsum oqsashda davom etmoqda. Ilk turda Germaniyadan 1 ochko bilan qaytgan monakoliklar, o‘z maydonlarida o‘tgan keyingi ikki turni boy berib ulgurdi. Transfer oynasida bir qator yetakchi futbolchilarini “Siti” va “PSJ”ga sotishga majbur bo‘lgan “Monako”ning pley-offga yo‘l olishi katta so‘roq ostida.

Yevropa Chempionlar Ligasi
“G” guruhi. 3-tur
17-oktabr, seshanba

Gollar: Radamel Falkao, 30 (1:0). Jenk Tosun, 34 (1:1). Jenk Tosun, 54 (1:2).

Gollar: Villi Orban, 8 (1:0). Vensan Abubakar, 18 (1:1). Emil Forsberg, 38 (2:1). Jan-Kevin Ogyusten, 41 (3:1). Ivan Markano, 44 (3:2).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-10-2017, 08:30)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют