» » “Lokomotiv” 4 ta gol urib ham Saudiya klubini mag‘lub eta olmadi. Chempionlar ligasi xavf ostida

“Lokomotiv” 4 ta gol urib ham Saudiya klubini mag‘lub eta olmadi. Chempionlar ligasi xavf ostida


Osiyo Chempionlar ligasining o‘tgan yilgi mavsumida chorak finalga qadar yetib borgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi joriy mavsumda guruhda qolib ketishi mumkin.

5-tur doirasida “temiryo‘lchilar” Saudiyaning “At-Taavun” klubini qabul qilib, 4:4 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvda Marat Bikmayev xet-trik qayd etgan bo‘lsa, yana bitta gol Jaloliddin Masharipov hisobiga yozildi. Shunga qaramay, “Loko” qo‘shimcha daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

Tomonlarning Saudiyada bo‘lib o‘tgan o‘yinida mezbonlar 1:0 hisobida ustun kelgandi. Mazkur klub “Al-Ittihod” turnirdan chetlashtirgani uchungina kutilmagan bir alfozda Chempionlar ligasida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgandi. 5-turdan keyin saudiyaliklar O‘zbekistonning amaldagi chempioni bilan bir xilda ochko jamg‘argan.

Toshkentning “Bunyodkor” klubi Chempionlar ligasining guruh bosqichidan o‘ta olmay turib, 5-turda zafar quchgandi. Endi “Lokomotiv” ham ishtirokiga shu bosqichda yakun yasash arafasida turibdi. Biroq nazariy jihatdan imkoniyatlar so‘nggi turga qadar saqlanib qoladi.

Osiyo Chempionlar ligasi
“A” guruhi. 5-tur
25-aprel, seshanba

Gollar: Abdulmajid As-Suvat, 17 (0:1). Marat Bikmayev, 19 (1:1). Marat Bikmayev, 32-pen (2:1). Marat Bikmayev, 48 (3:1). Jihod Al-Hussayn, 65 (3:2). Alassan N’Diaye, 69 (3:3). Jaloliddin Masharipov, 81 (4:3). Machado, 90+1 (4:4).

Опубликовано: admin (25-04-2017, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют