» » O‘FF prezidenti Qatardan qaytmagunicha terma murabbiyi masalasi ham, o‘rtoqlik o‘yini ham ochiqligicha qolaveradi

O‘FF prezidenti Qatardan qaytmagunicha terma murabbiyi masalasi ham, o‘rtoqlik o‘yini ham ochiqligicha qolaveradi


O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Ro‘ziqul Berdiyevning vaqtincha bosh murabbiy etib tayinlanishi borasidagi xabar rasman tasdiqlanganicha yo‘q. O‘FF matbuot kotibi Sanjar Rizayev barcha masala tashkilot prezidenti Qatardan qaytib kelgach hal bo‘lishini ma’lum qildi, deb yozdi “Championat.asia”.

Bunda matbuot kotibi Ro‘ziqul Berdiyev bilan vaqtincha bosh murabbiylik masalasida muzokara olib borayotganini tasdiqlagan. Shu bilan birgalikda, agar O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov buni rasman amalga oshirsa, rasmiy xabar birinchi bo‘lib tashkilot saytiga qo‘yilishini tushuntirgan. Rejaga ko‘ra, president Toshkentga qaytgach, majlis o‘tkazadi. Katta ehtimol bilan o‘sha majlis sarlavhadagi savollarga javob beradi.

Ayni vaqtda Umid Ahmadjonov Qatar poytaxti Dohada bo‘lib turibdi. U kecha — 17-oktabr kuni Qatar Futbol Uyushmasi prezidenti bilan hamkorlik masalasida memorandum imzoladi.

Avvalroq, 14-noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlaridan unumli foydalanib, o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi borasida ham gap-so‘zlar chiqqandi. Bunda “Sports.uz” raqib sifatida Qatarni ko‘rsatgan bo‘lsa, “Championat.asia” BAA varianti haqida yozdi. Qayd etish kerak, Umid Ahmadjonov aynan mana shu ikki mamlakat futbol federatsiyalari bilan hamkorlik borasida kelishuvga erishgan.

O‘FF matbuot xizmati bu borada aniq ma’lumot bermadi, balki bir qator mamlakatlarga o‘rtoqlik o‘yinlari borasida takliflar yuborilganiga oydinlik kiritdi. Biroq aynan qaysi mamlakatlar ekani ochiqlanmagan.

Avvalroq O‘FF milliy terma jamoaga bosh murabbiy tayinlash masalasida faqat xorijiy mutaxassislar nomzodi ko‘rib chiqilayotgani haqida aytib o‘tgandi. O‘sha ish amalga oshgunicha, Ro‘ziqul Berdiyev termani boshqarib turishi mumkin.

Bu paytga kelib, JCh—2018 saralashini O‘zbekiston bilan bir vaqtda yakunlagan va deyarli bir vaqtda bosh murabbiysiz qolgan BAA termasi italiyalik Alberto Dzakkeroni bilan shartnoma tuzib ulgurdi. O‘FF esa nomzodlarni o‘rganib chiqish ishi bilan band.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-10-2017, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 123) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют