» » Tramp Kolumb haykallarini buzib tashlamaslikka chaqirdi

Tramp Kolumb haykallarini buzib tashlamaslikka chaqirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtonda, Heritage Foundation’dagi chiqishi chog‘ida fuqarolarni Xristofor Kolumb sharafiga o‘rnatilgan haykallarni buzib tashlamaslikka chaqirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Trampga ko‘ra, “amerikaliklar tarixini yo‘q qilishi emas, saqlab qolishi kerak”.

“Ular endi Xristofor Kolumb haykallarini yo‘q qilishga urinmoqda. Keyin nima bo‘ladi? Buni to‘xtatish kerak, bu bizning merosimiz”, — dedi AQSh prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, avgust oxirida noma’lum shaxslar Nyu-York shtatining Yonkers shahrida Kolumb haykalini buzib tashladi. Mamlakatdagi ayrim kuchlar Amerikaning 1492-yilda yevropaliklar tomonidan kashf etilishi tub aholi qirib yuborilishiga olib keldi, deb hisoblaydi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-10-2017, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют