» » O‘zbekistonning Amerikadagi yangi elchisi AQSh Davlat departamentiga ishonch yorlig‘i nusxasini topshirdi

O‘zbekistonning Amerikadagi yangi elchisi AQSh Davlat departamentiga ishonch yorlig‘i nusxasini topshirdi


2017-yilning 17-oktabr kuni O‘zbekistonning Amerikadagi yangi favqulodda va muxtor elchisi Javlon Vahobov AQSh Davlat departamenti rahbariyatiga ishonch yorlig‘i  nusxasini topshirdi, deb xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Nusxani AQSh Davlat departamenti protokolining raisi vazifasini bajaruvchi Ketrin S. Xenderson qabul qilib oldi. Marosimda, shuningdek, AQShning O‘zbekiston va butun mintaqa bilan munosabatlarini nazorat qiluvchi Davlat departamenti bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.

Amerikalik diplomatlar O‘zbekiston Respubikasining AQShga tayinlangan yangi elchisini ish boshlagani bilan tabrikladi va kelajakda ikki tomonlama munosabatlarning yanada faol rivojlanishiga umid bildirdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-10-2017, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 119) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют