» » Kiyevda Oliy Rada oldidagi namoyishlar sabab Malta prezidenti bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuv bekor qilinishi mumkin

Kiyevda Oliy Rada oldidagi namoyishlar sabab Malta prezidenti bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuv bekor qilinishi mumkin


Agarda Oliy Rada devorlari atrofidagi namoyishchilar parlamentni tark etmasa, Malta prezidenti bilan bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan uchrashuv bekor qilinishi, tibbiy islohot va deputat dahlsizligi borasidagi ovoz berish jarayonlari o‘tkazilmasligi mumkin. Bu haqda parlament spikeri Andrey Parubiy ma’lum qildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

“Men ushbu norozilik tashkilotchilaridan parlament binosiga bemalol kirib-chiqishni va xalq deputatlarining xavfsizligini ta’minlashlarini talab qilaman”, — dedi spiker.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bugun 18-oktabr soat 15:00 da Malta prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tishi kerak va agarda namoyishchilar Rada atrofini tark etmasa uchrashuv amalga oshmasligi mumkin.

“Bundan tashqari deputatlarning hayoti va sog‘lig‘iga qandaydir xavf tahdid solsa, payshanba kuni tibbiy islohatlar va deputat dahlsizligini bekor qilish uchun o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ovoz berish jarayonlari to‘xtatiladi. Shu sababli men kun tartibini buzmaslikka chaqiraman. Oliy Rada to‘laqonli va samarali ishlashi kerak”, — dedi parlament spikeri.

Eslatib o‘tamiz, 17-oktabr kuni muxolif siyosatchi Mixail Saakashvilining “Yangi kuchlar harakati” partiyasi tomonidan Oliy Rada binosi oldida norozilik namoyishlari tashkil etildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-10-2017, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют