» » Toshkentda bir kunda 10 ta yong‘in qayd etildi. Ularning ikkitasi shaxsiy uyda, bittasi kafeda yuz berdi

Toshkentda bir kunda 10 ta yong‘in qayd etildi. Ularning ikkitasi shaxsiy uyda, bittasi kafeda yuz berdi


Toshkent shahri hududida 17-oktabr kuni 10 ta yong‘in qayd etildi. Shahar IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yong‘inlar umumiy maydoni 346 kvadrat metrni tashkil etgan.

Ushbu yong‘inlarning ikkitasi shaxsiy uylarda (jami 35 kvadrat metr maydonda), ikkitasi esa korxonava kafeda (jami 175 kvadrat metr maydonda) yuz bergan.

Qolgan olti yong‘inning beshtasi shox-shabba va quruq o‘tlarda, yana biri esa elektr kabellarida yuz bergan.

“Mazkur yong‘inlar natijasida vafot etganlar yo‘q”, — deb xabar bermoqda shahar IIBB matbuot xizmati.

17-oktabr kuni tunda Toshkentning “Parkent” bozori tomondagi kafeda yong‘in yuz bergani haqida ijtimoiy tarmoqlarda videoxabarlar paydo bo‘lgan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-10-2017, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют