» » Urganchda aka-uka etil spirtidan zaharlanish oqibatida vafot etdi

Urganchda aka-uka etil spirtidan zaharlanish oqibatida vafot etdi


Urganch shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida yashovchi aka-ukalar — 1961-yilda tug‘ilgan M.R. va 1963-yilda tug‘ilgan I.M. etil spirtidan zaharlanish oqibatida vafot etdi. Bu haqda Xorazm viloyat IIB xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Aka-ukaning hech birida oila bo‘lmagan va mazkur xonadonda faqat ikkovi yashagan. Ularning 2—3 kundan buyon ko‘rinmay qolganidan shubhalangan qo‘shnilar 2017-yil 17-oktyabr kuni ichki ishlar bo‘limiga xabar bergan. Olingan xabar asosida zudlik bilan yetib kelgan tergov-tezkor guruhi a’zolari xonadon eshigini ochib kirgach, aka-ukaning o‘z uyida o‘lib yotganligini aniqlagan.

Murdalarning badanida hech qanday jarohat izlari yo‘qligi sababli, tezkor xodimlarning diqqatini shu yerda turgan tibbiyot etil spirtining bo‘shagan ikkita plastik idishi tortdi.

O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasi xulosasidan keyin tezkor xodimlarning gumoni asosli bo‘lib chiqdi. Aka-uka etil spirtidan zaharlanishi oqibatida vafot etganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (19-10-2017, 01:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 92) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют