» » “PSJ”ni to‘xtatadigan kim bor? 3 ta yirik g‘alaba, 12 ta gol va quruq seriya: dahshatli start

“PSJ”ni to‘xtatadigan kim bor? 3 ta yirik g‘alaba, 12 ta gol va quruq seriya: dahshatli start


Mavsum avvalida katta xaridlarni amalga oshirgan Fransiyaning “PSJ” klubi Chempionlar Ligasida raqiblarini ko‘rdim demayapti.

Unai Emeri jamoasi guruh bosqichini Shotlandiyadagi 5:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshlagan bo‘lsa, keyinroq Parijda Karlo Anchelotti boshqaruvidagi “Bavariya” darvozasiga 3 ta javobsiz gol urilgandi. Bu safar “PSJ” Belgiyada 4 ta gol farqi bilan zafar quchdi.

Hujumdagi trio — Mbappe, Kavani hamda Neymar 1 martadan raqib postiga yo‘l topgan bo‘lsa, uchrashuv yakunida Anhel Di Mariya ham qatordan kam bo‘lishni istamadi. 3 ta yirik g‘alaba, 12 ta gol va quruq seriya: parijliklar Chempionlar Ligasida eng yaxshi start olgan jamoa bo‘lib turibdi.

Anchelottining iste’fosidan keyin Yupp Xaynksning qo‘liga o‘tgan ham “Bavariya” sekin-asta o‘ziga kelmoqda. Bundesliganing so‘nggi turida 5 ta gol farqi bilan zafar quchgan Myunxen klubi, bu safar “Seltik” darvozasini 3 bor aniq o‘qqa tutdi.

Yevropa Chempionlar Ligasi
“B” guruhi. 3-tur
18-oktabr, chorshanba

Gollar: Tomas Myuller, 17 (1:0). Joshua Kimmix, 29 (2:0). Mats Xummels, 51 (3:0).

Gollar: Kilian Mbappe, 3 (0:1). Edinson Kavani, 44 (0:2). Neymar, 66 (0:3). Anxel Di Mariya, 88 (0:4).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-10-2017, 06:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют