» » Samarqanddagi tramvay bekatlarida shahar xaritasi noto‘g‘ri ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi

Samarqanddagi tramvay bekatlarida shahar xaritasi noto‘g‘ri ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi


Samarqand shahrida joriy yilda yangi qurilgan tramvay bekatlaridagi shahar xaritasida xatolar borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.

“Zarafshon” gazetasiga ko‘ra, jumladan, “Tarix muzeyi” bekatidagi xaritada uning qutblari ko‘rsatilmagan. Aslida shaharning o‘rtasida joylashgan Amir Temur ko‘chasi xaritada Temiryo‘l vokzali bilan bog‘laydigan ko‘cha (Beruniy ko‘chasi o‘rnida) sifatida aks etgan.

Bo‘stonsaroy ko‘chasining yarmi shu nomda bo‘lib, uning yarmi Yo‘ldosh Oxunboboyev ko‘chasi, deb qayd etilgan. Ustiga-ustak, Bo‘stonsaroy ko‘chasining Amir Temur ko‘chasiga nisbatan joylashgan o‘rni noto‘g‘ri aks etgan. Temiryo‘l vokzaliga tutashgan Beruniy ko‘chasi ko‘rsatilmagan.

Ayrim ko‘chalar nomi xato yozilgan, xarita masshtabi ko‘rsatilmagan. Shartli belgilar ham chalakam-chatti yozilgan. Aeroport xaritada ifodalanmagan bo‘lsa-da, shartli belgilarda ko‘rsatilgan.

Nashr bekatlardagi bunday noto‘g‘ri xaritalar shaharga tashrif buyurgan mehmonlarni chalg‘itishini hisobga olib, ularni almashtirishni taklif etgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-10-2017, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют