» » BMT bosh kotibi toliblarning Afg‘onistondagi Paktiya va G‘azni viloyatlariga hujumini qoraladi

BMT bosh kotibi toliblarning Afg‘onistondagi Paktiya va G‘azni viloyatlariga hujumini qoraladi


BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish toliblarning Afg‘onistondagi Paktiya va G‘azni viloyatlariga hujumini qoraladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

“Bosh kotib Afg‘onistonning Paktiya va G‘azni viloyatlarida uyushtirilgan hujumlarni qoraladi. Ular oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘ldi va jarohatlandi. Bunday hujumlar inson huquqlari va xalqaro gumanitar huquqning buzilishi hisoblanadi, ularni aslo oqlab bo‘lmaydi”, — deyiladi xalqaro tashkilot rahbari matbuot kotibi Stefan Dyujarrik bayonotida.

Guterrish qurbonlarning oilalariga chuqur hamdardlik bildirdi va jabrlanganlarga tezda sog‘ayib ketishlarini tiladi. Shuningdek, Afg‘oniston xalqi va hukumati bilan birdamligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 17-oktabr kuni ertalab Paktiya viloyati ma’muriy markazi Gardez shahri politsiya boshqarmasi yaqinida ikki mashina portlatildi. Mamlakat janubi va g‘arbida ham politsiyachilarga hujum uyushtirildi. Teraktlar oqibatida 70 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 170 dan oshiq odam yaralandi.

Hujumlar uchun javobgarlikni “Tolibon” o‘z zimmasiga oldi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (19-10-2017, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют