» » Toshkent, Sirdaryo, Jizzaxda terimchilar bir kilogramm paxta uchun 800 so‘mdan, qolgan hududlarda 700 so‘mdan haq olishni boshladi

Toshkent, Sirdaryo, Jizzaxda terimchilar bir kilogramm paxta uchun 800 so‘mdan, qolgan hududlarda 700 so‘mdan haq olishni boshladi


O‘zbekistonda 17-oktabrdan qo‘lda terilgan paxta xomashyosining bir kilogrammi uchun to‘lov 700 so‘mgacha oshirildi. Norma xabariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi 16-oktabr kuni bu haqda qaror qabul qilgan.

Terimning birinchi bosqichida qo‘lda terilgan xomashyoning bir kilogrammi uchun 450 so‘mdan, 1-oktabrdan boshlab esa – 500 so‘mdan to‘lanayotgan edi.

Xabar berishlaricha, Toshkent viloyati, shuningdek, Qashqadaryo viloyatining Mirishkor, Nishon, Koson va Kasbi tumanlari terimchilariga terilgan paxta xomashyosining har kilosi uchun 100 so‘m miqdorida ustama belgilangan.

“Jizzax va Sirdaryo viloyatlari terimchilari uchun ham xuddi shunday ustamalar qo‘llaniladi”, — deyiladi Norma xabarida.

Shunday qilib, 17-oktabrdan boshlab Qashqadaryo viloyatining ayrim tumanlarida, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida terimchilar 800 so‘mdan, qolgan hududlarda esa 700 so‘mdan haq olmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-10-2017, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют