» » Shavkat Mirziyoyev Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani qabul qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni “Islom hamjihatligi: O‘zbekiston va Ozarbayjon misolida” xalqaro konferensiyasining Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda boshchiligidagi ishtirokchilari delegatsiyasini qabul qildi.

O‘zA xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev mehmonlarni samimiy qutlar ekan, ushbu konferensiya tashkil qilingani va uning ishida xorijiy mamlakatlardan nufuzli delegatsiyalar ishtirok etgani jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, konfessiyalararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro hamkorlik tobora kengayib borayotganidan dalolat ekanini alohida ta’kidladi.

Hamkorlikdagi bunday sa’y-harakatlar jahonda muqaddas islom dinining asl qadriyatlari va insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, zamonamizning xalqaro terrorizm va ekstremizm singari tahdid va xatarlariga qarshi samarali kurashishga qaratilgani qayd etildi.

O‘zbekistonning “Jaholatga qarshi ma’rifat” — ta’lim olishning hamma uchun ochiqligini ta’minlash, savodsizlik va jaholatga barham berish kabi prinsipial yondashuvlari nufuzli xalqaro forumlarda bir necha bor bildirildi.

O‘zbekiston Prezidenti Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusini ilgari surdi.

“Shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda mamlakatimizda bu yo‘nalishda aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar amalga oshirilmoqda, xalqaro hamkorlik kengaymoqda. Xususan, buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganish va uni kelajak avlodlarga yetkazish maqsadida Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etilmoqda”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Uchrashuvda bugungi kundagi global jarayonlar, xavfsizlik va barqarorlikka nisbatan tobora kuchayib borayotgan tahdid va xatarlar sa’y-harakatlarni birlashtirish, konfessiyalararo hamkorlik va muloqotni rivojlantirishni taqozo qilayotgani qayd etildi.

Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlash, ta’limni rivojlantirish va yoshlarning axloqiy tarbiyasini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Ollohshukur Poshshozoda samimiy qabul uchun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga chuqur minnatdorlik bildirdi, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Mehmonlar O‘zbekistonda bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat, e’tiqod erkinligini ta’minlash, dinga e’tiqod qiluvchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan izchil ishlarga yuksak baho berdi.

Xalqaro konferensiya ishtirokchilari tinchlik, totuvlik, barqarorlik va farovonlikni ta’minlash yo‘lida O‘zbekiston bilan faol muloqot hamda keng ko‘lamli hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-10-2017, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют