» » Shavkat Mirziyoyev Moskva va Butun Rus Patriarxini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Moskva va Butun Rus Patriarxini qabul qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-sentabr kuni Moskva va Butun Rus patriarxi Kirillni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Davlat rahbari yuqori martabali mehmonni qutlar ekan, Rus pravoslav cherkovi rahbarining O‘zbekistonga tashrifi mamlakatlar o‘rtasidagi an’anaviy yaqin va do‘stona aloqalarni mustahkamlashda muhim voqea ekanini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi oliy va yuqori darajadagi faol muloqot barcha yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikka jadal sur’at bag‘ishlagani, ikki tomonlama aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘targani alohida ta’kidlandi.

Patriarx Kirillning tashrifi ikki davlatda millatlararo va konfessiyalararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlashda muhim o‘rin tutishiga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda ekstremizm, terrorizm va radikalizm kabi global xavf-xatarlarga qarshi kurashish maqsadida konfessiyalararo muloqotni yanada mustahkamlash, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, yosh avlodga ta’lim va ma’naviy-ahloqiy tarbiya berish masalalari muhokama qilindi.

Patriarx Kirill millatlararo tinchlik-totuvlik, turli din vakillari o‘rtasida do‘stlik va mehr-oqibatni mustahkamlash borasida olib borilayotgan siyosat hamda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida yangi bosqichda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga yuksak baho berdi.

O‘zbekistonda Rus pravoslav cherkovi faoliyatiga ko‘rsatilayotgan e’tibor va ko‘mak, xristian diniga e’tiqod qiluvchilarning to‘laqonli ma’naviy hayoti yo‘lida yaratilgan sharoitlardan g‘oyat xursand bo‘lganini ta’kidladi.

Patriarx Kirill Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul hamda O‘zbekistonga tashrif tadbirlarga boy dastur asosida tashkil etilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Rus pravoslav cherkovi O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarini mustahkamlashda bundan buyon ham faol ishtirok etish, ma’naviy qadriyatlarimizni boyitish, xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishga ko‘maklashishga tayyor ekani qayd etildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-09-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют