» » MRB rahbari AQShni KXDRga nisbatan “so‘nggi qadam”ga tayyorlanishga chaqirdi

MRB rahbari AQShni KXDRga nisbatan “so‘nggi qadam”ga tayyorlanishga chaqirdi


AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Mayk Pompeo ogohlantirishicha, KXDRda yadro quroli sohasidagi ishlanmalar AQSh hududiga yadroviy zarba berishga yaqin bosqichga yetib bo‘lgan, deb yozadi “Interfaks”.

“Hozir Shimoliy Koreyaning imkoniyatlari shunga yaqin, va siyosiy istiqbolda biz o‘zimizni go‘yoki u ushbu imkoniyatlarga erishish ostonasida turganidek tutishimiz kerak”, — dedi Pompeo. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirdanoq “so‘nggi qadam haqida o‘ylash kerak”.

Shu bilan birga, Amerika razvedka idorasi rahbari Pxenyan AQSh va uning ittifoqdoshlariga zarba berishga tayyor bo‘ladigan muddatni aytmadi. Uning ta’kidlashicha, AQSh Shimoliy Koreya yadroviy dasturi haqida razvedka ma’lumotlarini yig‘ishda davom etmoqda, ammo ular hozircha “mukammallikdan uzoqda”.

Shu bilan birga, u hozir KXDRning yadroviy imkoniyatlari besh yil avvalgidan ancha mukammalroq ekanligini va besh oydan keyin yanada mukammalroq bo‘lishini qo‘shib qo‘ydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-10-2017, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют