» » Rossiya Mudofaa vazirligi: AQSh Davlat departamenti Suriyada terrorchilar kimyoviy qurol qo‘llaganligini tan oldi

Rossiya Mudofaa vazirligi: AQSh Davlat departamenti Suriyada terrorchilar kimyoviy qurol qo‘llaganligini tan oldi


Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkovning ma’lum qilishicha,  AQSh Davlat departamenti “Jibhat an-Nusra” bilan bog‘liq “Hayyat Tahrir ash-Sham” terrorchilik guruhi Suriyada kimyoviy qurol qo‘llaganligini tan oldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Ushbu viloyatda ‘Jibhat an-Nusra’ bilan bog‘liq ‘Hayyat Tahrir ash-Sham’ terrorchilik guruhi amal qiladi. U o‘qotar va og‘ir qurol-yarog‘lar, qo‘lbola portlovchi qurilmalar va kimyoviy quroldan foydalanadi. Bu Davlat departamentining nafaqat kimyoviy qurollar mavjudligi, balki ‘Jibhat an-Nusra’ terrorchilari tomonidan Suriyaning ushbu qismida teraktlar uyushtirish uchun ulardan foydalanganligini rasman tan olishidir. Bu haqda biz bir necha marta ogohlantirgan edik”, — deydi u.

Uning so‘zlariga qaraganda, hozirgi paytda Idlib viloyatida kimyoviy quroldan foydalanish bilan bog‘liq yagona holat Xan-Sheyxunda aniqlangan.

“Biroq AQSh bunda hukumat qo‘shinlarini aybladi. O‘sha teraktni uyushtirgan jangarilarni esa (Amerika Davlat departamenti aniqlashicha, ‘Jibhat an-Nusra’ jangarilari) o‘rtacha muxolifat deb atadi”, — deydi general.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-10-2017, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют